Compass Consulting strategik, texnologik, marketing, moliyaviy va biznes konsaltingi, shuningdek, biznesni baholash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli tajribani taklif etadi. 18 yildan ortiq faoliyati davomida Compass Consulting murakkab loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha katta bilim va tajribaga ega kuchli mutaxassislar jamoasini shakllantirdi.
Biz o‘z biznesini rivojlantirayotgan tadbirkorlarga, shuningdek, O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotgan xorijiy investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz.
Biz O‘zbekiston biznes hamjamiyatida muhim o‘rin egallaymiz, bu esa Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Amerika Savdo Palatasi (Uzbekistan) hamda Compass Group Germany kabi mashhur biznes uyushmalari bilan faol hamkorligimiz orqali tasdiqlanadi.